Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev joylarda maktab direktorlari va mahalla raislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Shu kabi manzilli tadbirlar poytaxtimizning Olmazor tumanida bo‘lib,  unda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, tuman hokimi A.Umarxonov hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar tuman hududidagi 24 va 15-umumtaʼlim maktablarining o‘qituvchi va murabbiylari, inspektor-psixologlari hamda hududiy mahalla raislari bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida yuqori sinf o‘quvchilarining darslardagi davomati, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda ota-onalar va mahalla raislarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish borasidagi masalalar, shuningdek ota-onasi bilan chet elga ketgan o‘quvchilar bilan bog‘liq  holatlar muxokama qilindi.

Har ikkala maktabda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan maktabdagi davomat bilan bog‘liq muammoli masalalarning sabablari va ularning yechimi to‘g‘risida bir qator misollar keltirilib, endilikda davomat bilan o‘qituvchilar shug‘ullanmasligi, faqat sifatli dars o‘tishi lozimligi, darsga kelmaganlarni sababini o‘rganish va zarur choralar ko‘rish ishlari maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya xodimi va mahalla raisining o‘zaro hamkorligida amalga oshirilishi  taʼkidlandi.

Bu borada Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ishonchli hamkorlik  o‘z samarisini berishni boshlagani alohida taʼkidlandi. Xususan, joriy yilning 6-10 fevral kunlari mobaynida 24 va 125-maktablarda elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan sinflardagi real davomat o‘rtasida hech qanday  tafovut  uchramaganligi sababli maktab direktorlari O.Ziyeva hamda B.Mirholiqovlarga Qo‘mondon buyrug‘i bilan qimmatbaho sovg‘a, qo‘l soatlari topshirildi.

Shuningdek,  o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” hosil qilish borasidagi masalalar ham muxokama qilindi. Bu borada tuman hokimi va boshqa mutasaddi rahbarlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tumandagi barcha maktablarda vatanparvarlik sinflari ochilishi va sport to‘garaklarni kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Text to speech