Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Toshkent Temurbeklar maktabida “Yangi O‘zbekistonning shijoatli qizlari” shiori ostida “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda, Milliy gvardiya tizimida tahsil olayotgan kursantlar hamda o‘quvchi qizlar bilan Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaning uchrashuvi tashkillashtirildi.

“Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Toshkent Temurbeklar maktabida “Yangi O‘zbekistonning shijoatli qizlari”shiori ostida “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda, Milliy gvardiya tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari, litsey hamda maktablar o‘quvchi qizlari bilan Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaning uchrashuvi tashkillashtirildi.

Dastavval mehmon bilan litsey binosi va hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shundan so‘ng qizlar bilan suhbat tashkil etilib, bugungi kunda xotin-qizlarga davlatimizda yaratib berilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, qabul qilinayotgan qonun, qaror va farmoyishlar, qo‘yingki, ushbu yo‘nalishdagi barcha islohotlar haqida so‘zlab berildi. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarli qilish, bandligini taʼminlash, ularning jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylandi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi Milliy gvardiya tizimida ham oila va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbarining 2023 yildagi PQ-349-son qaroriga muvofiq 2024 yildan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qizbolalar ham qabul qilinishi boshlangan va hozirda 27 nafar o‘quvchi-qizlar tahsil olib kelmoqda.

Yurtimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning huquqiy asoslari tubdan takomillashtirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish maqsadida Memorandumi tuzilgan.

Bugungi tashkillashtirilgan tadbir ham mazkur Memorandum doirasida belgilab olingan chora-tadbirlar xisoblanib, unda tizimning ijodkor qizlari tomonidan o‘tkazilgan mushoira davrasi va yod olingan sheʼrlar mutolasi bilan qizg‘in kechdi..

Interaktiv tarzda tashkil etilgan uchrashuv savol- javoblarga boy tarzda o‘tib, qizlar rahbar ayol bo‘lishlikning maʼsuliyati hamda sharafi haqida bilmlarga ega bo‘lishdi. Suhbat so‘ngida bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishilib olindi. Bundan tashqari Temurbeklar maktabi hududiga mehmonlar tomonidan ezgu niyatlar bilan daraxt ko‘chati o‘tqazildi.

Text to speech