Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat hamda o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu bilan birga, taʼlim muassasalaridagi davomat masalalari yuzasidan Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanib, faollar munosib rag‘batlantirilmoqa

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab mazkur ustuvor vazifalar yuzasidan masʼul rahbarlar boshchiligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini hamda taʼlim tizimida yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib rag‘batlantirilayotganligini alohida eʼtirof etish lozim.

Xususan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Termiz shahrida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar, inspektor-psixolog hamda hududiy mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, yaqindan suhbat o‘tkazdi.

Unda maktab o‘quvchilarining o‘tgan hafta davomidagi darsdagi davomatlari tahlil qilinib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan bog‘liq muammoli masalalar va ularning yechimi borasidagi masalalar atroflicha muhokama etildi. Uchrashuv doirasida o‘quvchilarning davomatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgan, “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida ish olib borgan, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan bir guruh o‘qituvchilar eʼtirof etildi. Jumladan, 11-g sinf rahbari Olga Gladkova hamda 11-b sinf rahbari Gulzoda Pardayevalarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi topshirildi.

Shuningdek, Urganch shahridagi 3-son maktab direktori Raʼno Abdullayevna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevral kunidagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan maktabda olib borilayotgan o‘quvchilarning davomat masalalarida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatganligi hamda shu bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va qonunbuzilishlarining oldini olishga munosib hissa qo‘shayotganligi uchun Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmalari tomonidan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra o‘quvchilarning bilim olishlari, maktab davomati hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotganliklari uchun Guliston shahridagi 7-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Zafarova Nargiza Anvarovna hamda 11-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Bektemirov Sirojiddin Rustamovichlar munosib taqdirlandi.

Text to speech