Maktab taʼlimi va davomati bo‘yicha o‘qituvchilarning yangicha yondashuvi, ota-onalar va mahalla faollarini masʼuliyatini oshirish orqali o‘quvchilarni taʼlim tarbiyasidagi sifatni mustaxkamlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostida davom ettirilmoqda
Mazkur yoʻnalishdagi hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev poytaxtimizda joylashgan Mirobod tumanidagi 218-maktab va Yashnabod tumanidagi
170-maktablarda boʻlib tuman mutasaddi rahbarlari, maktab direktorlari, oʻqituvchi murabbiylar, inspektor-psixologlar va hududiy mahalla raislari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida dastlab 218-maktab direktori va oʻqituvchilari, inspektor-psixologlar xamda biriktirilgan masʼul xodimlar, shuningdek mahalla faollari oʻrtasidagi oʻrnatilgan hamkorlik masalalari tanqidiy muhokama qilinib, maktabda sababsiz dars qoldiradigan, tarbiyasi va oʻqishida muammosi boʻlgan bitta oʻquvchi boʻlsa ham unga alohida yondashib, butun jamoani etibori qaratilishi zarurligi toʻgʻrisida vazifalar belgilandi.
Navbatdagi uchrashuv yuqorida taʼkidlaganimizdek 170-sonli taʼlim muassasi jamoasi bilan boʻlib, maktab direktori va inspektor-psixologlarning Davlatimiz rahbari tomonidan belilab berilgan sohaga oid ustuvor vazifalar doirasidagi maktab oʻquvchilari davomati bilan bogʻlik mavjud muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tinglandi. Ushbu muammolar yechimi yuzasidan tuman mutasaddi rahbarlarining fikr mulohazalari inobatga olingan holda tegishliligi buyicha topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng Milliy gvardiya qoʻmondoni maktab oʻquvchilarini harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan sport toʻgaraklari faoliyati bilan tanishdi. Maktabda tashkil qilingan “Shunqorlar treyning” harbiy vatanparvarlik sport klubida “Sambo”, “Dzyudo” va “Qoʻl jangi” sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan oʻquvchilar bilan uchrashib suhbatlashildi. Oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoyitlar va eng asosiysi vatan xissini yosh avlodga singdira olish qobiliyatga ega murabbiylarning jalb qilinganligiga yuqori baho berildi.
Shu oʻrinda sportning qoʻl jangi turi bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi yoshlarning Oʻzbekiston huquni muxofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi raisi bilan kutilmagan uchrashuvi, ularga katta motivatsiya va estalik uchun jamoaviy suratga tushish imkonini berdi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan 170-maktab tajribasi sifatida, oʻquvchi yoshlarning harbiy vatanparvarlik ruhida talim tarbiya olishga va sport bilan shugʻullanishga boʻlgan shijoatlarini boshqa maktablarga namuna sifatida koʻrsatish va targʻibot qilish masalalari yuzasidan masʼul xodimlarga vazifalar yuklatildi.