Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat, darslardagi davomatni yaxshilashga qaratilgan manzilli ishlar Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati bo‘ylab davom ettirilmoqda

Mazkur yo‘nalishdagi manzilli ishlar joriy yilning 21 fevral kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, viloyat hokimi A.Maxmudaliyev hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda Sardoba tumanidagi 16 va 13-sonli maktablarda, shuningdek Guliston shahridagi 8 va 16-sonli maktablarda olib borildi.

Dastlab Sardoba tumanidagi 16-sonli maktab faoliyati bilan tanishilib,  unda barcha sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, tumanning sohaga oid mutasaddilari, maktab maʼmuriyati, o‘qituvchilari va psixolog mutaxassislari, shuningdek Milliy gvardiyadan biriktirilgan masʼul xodimlar ishtirok etishdi.  Ushbu maktabda shu kuni 2 nafar dars qoldirgan o‘quvchilar misolida “maktab-ota-ona-mahalla” zanjiri qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi ko‘rib chiqilib, mahalla raislarining harakati tanqidiy baholandi.

Shuningdek, maktab direktorining faolligi va shijoati tufayli  ushbu muassasada yaratilgan shart-sharoyitlar, o‘quvchilarning taʼlim-tarbiya olishiga bo‘lgan ishtiyoqiga ijobiy taʼsir ko‘rsatgani yuqori baholanib,   Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan direktor Z.Nishonov munosib rag‘batlantirildi.

Ushbu tumanda joylashgan 13-maktab  faoliyatiga esa viloyat hokimi tomonidan qattiq eʼtiroz bildirilib, o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va davomati bilan bog‘liq mavjud muammolar muassasa maʼmuriyati va ayrim o‘qituvchilarning masʼuliyatsizligi oqibatida yuzaga kelganligi taʼkidlandi.  Shu sabab sohaga oid mutasaddi rahbarlar hamda masʼul hodimlarga, surunkali dars qoldiradigan har bir o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan individual ishlar olib borilishi yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Guliston shahrida joylashgan 8 va 16-sonli maktablarda taʼlim-tarbiya va davomati  bo‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan maktab o‘qtiuvchilari, inspektor-psixologlar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari Milliy gvardiya qo‘mondoni hamda viloyat hokimi boshchiligida muhokama qilindi.

Uchrashuv mobaynida 8-maktab o‘quvchilarining davomati va o‘tgan yil davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib,  maktab maʼmuriyati va psixolog mutaxassislarning faoliyatiga tanqidiy baho berildi. 

Ushbu maktab o‘quvchilari o‘rtasida kuzatilgan huquqbuzarliklar qayta yod olinib, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ayrim o‘quvchilar xodimlarga nomma-nom biriktirildi, shuningdek maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan ishlar doirasida qo‘riqlovni  yangicha tizimda takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida urg‘u berilib, masʼullarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech