Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MALAKA VA BILIM - MUSTAHKAM POYDEVOR

Poytaxtimizning kriminogen vaziyati murakkab mahallalarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar uchun Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi maʼmuriy binosida bir oy mobaynida o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va shu bilan birga muhim bo‘lgan mashg‘ulotlar IIV Akademiyasining Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek voyaga yetmaganlar, uyushmagan yoshlar, profilaktik hisobda turuvchi hamda maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan shaxslar bilan ishlashda Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining hamkorligini taʼminlash kabi mavzularni qamrab olgan o‘quv yig‘ini tizim xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlarning tizimli tarzda tashkil etilishi malakali kadrlar hamda yuqori bilim va ko‘nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech