Mamlakatimizda davom etayotgan yoshlar oyligi doirasida hamda 30 iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumni birinchi kuni – O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi mutaxassislari hamda Milliy gvardiya markaziy devoni masʼul shaxslari tomonidan yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni joylarda ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar hisobotlari bo‘yicha atroflicha tahliliy ko‘rib chiqildi.
Kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga tashrif buyurib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan "Yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb yo‘nalish va prinsiplari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Oliy majlis binosiga tashrif mobaynida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib,"Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni" mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Forumning ikkinchi kunida yoshlar press klubida olimpiada chempionlari va yoshlar agentligi, yoshlar ittifoqi mutaxassislari bilan "Ochiq muloqot" tashkil etildi.
Forumning taqdirlash marosimida yil davomida erishgan yutuqlari hamda forumda faol ishtiroki uchun bir necha yetakchilar hamda"30 iyun Yoshlar kuni" hamda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini joriy etilishida jonbozligi va Milliy gvardiya bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va jamoat tashkiloti vakillari ko‘krak nishon hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu bilan bir qatorda,forum ishtirokchilarining madaniy hordiq olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan G‘alaba bog‘iga, Muqimiy nomidagi O‘zbek musiqiy drama va komediya teatriga hamda O‘zbekkino ustalari tomonidan suratga olingan "Vatan ostonasida" nomli kinofilm premyerasiga tashriflar tashkil etildi.