Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism va taʼlim muassasalarida Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari foydalanishga topshirildi

So‘nggi yillarda Respublikamizda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi o‘laroq joylarda maʼnaviyat va maʼrifat markazlari tashkil etilib, ularda yoshlar uchun bir qator to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va sanʼatni, xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mazkur yo‘nalishda rejalashtirilgan ustuvor masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Maʼnaviyat-maʼrifat sohasida erishilgan yutuqlar alohida eʼtirof etildi.

Milliy gvardiya tizimida ham bugungi kunda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligiga alohida eʼtibor qaratib kelinayotganligi fikrimiz dalilidir. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, kursant va o‘quvchilarning har tomonlama bilimli, maʼnaviy yetuk bo‘lishlari uchun manzilli ravishda tadbirlar tashkil etilayapti. Shu asnoda taʼlim muassasalari, hududiy boshqarmalardagi harbiy qismlarda yangi qurib foydalanishga topshirilayotgan maʼnaviyat va maʼrifat markazlari esa ayni maqsadlarga xizmat qilayapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jamoat xavfiligi universiteti va Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismlaridan birida ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan ana shunday maʼnaviyat va maʼrifat markazlari ushbu tadbirlarning navbatdagisi hisoblanadi. Mazkur markazlarning tantanali ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, faxriylar, harbiy xizmatchilar, kursantlar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Unda so‘z olganlar ushbu markaz albatta yosh avlodning eng sevimli maskani bo‘lishiga ishonch bildirishdi.

Tadbir doirasida bir qator harbiy xizmatchilar xizmatda erishgan yutuqlari uchun rag‘batlantirildi. Shundan so‘ng mehmonlar binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ruhiy yengillashtirish, shaxmat-shashka, kitob mutolaa qilish, musiqa cholg‘ularida ijro etish xonalari, faollar zali kabilar ayniqsa tadbir ishtirokchilarida katta taʼsirot qoldirdi.

Text to speech