Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MAQSAD – MUAMMOLARGA IJOBIY YECHIM TOPISH  

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi Nukus harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va tasarrufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibining oila aʼzolari ishtirokida bevosita muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi. 

Tadbir davomida, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari tomonidan farzandlarini maktab va maktabgacha taʼlim muassasasiga berishda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topishda yordam berishini, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishda banklardan kreditlarni olishda ko‘maklashish, ishga joylashish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi, ko‘plab masalalar joyning o‘zida yechimini topdi.

Shuningdek, sayyor qabulda Nukus shahar «Ishga marhamat» Monomarkaz vakillari harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan suhbatlashib, 10 nafariga qayta tayyorlov kursida bepul taʼlim olish uchun yo‘llanmalar berishdi.

Shu bilan bir qatorda, barcha ishtirokchilar Nukus shahar «Sog‘lom turmush tarzi» Sog‘lomlashtirish markazi shifokorlarining tibbiy ko‘rigidan bepul o‘tkazildi.

Text to speech