YОSHLARNI BIRLASHTIRGAN YUGURISH MARAFONI
Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan yoshlarning barcha qatlamlarini jalb qilgan holda tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘quvchi yoshlarning dam olish kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan sport musobaqalari anʼanaga aylanib ulgurdi.
Kecha poytaxtimizdagi Milliy gvardiyaga biriktirilgan 58-sonli umumiy o‘rta matab o‘quvchilari, 21 va 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilari ishtirokida Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘ida 5 kilometrga yugurish marafoni o‘tkazildi. Mazkur sport tadbirida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, 2-o‘rinni 58-sonli umumiy o‘rtataʼlim maktabi o‘quvchilari va 1-o‘rinni 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari barcha ishtirokchilarga hayot yo‘llarida muvaffaqiyat tilab, g‘oliblarga medal, diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda taqdim etdi.