Mardlik va jasoratning 96 yoshli namunasi
Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush ishtirokchilarining xonadonlariga tashrif buyurilib, ularga alohida eʼtibor ko‘rsatiladi.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari Xo‘jayli tumanida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriysi 96 yoshli Nurillo ota Isakovning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi.
Nuroniy otaxon mehmonlarga zahmatli urush yillarida boshidan kechirgan qiyin davrlarni yodga olib, so‘zlab berdi.
Uchrashuv so‘ngida, otaxon yoshlarning xizmat faoliyatiga oq fotiha berib, ko‘ngil so‘raganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
O‘z navbatida, Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining esdalik sovg‘alari Nurillo otaga topshirildi.