Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Dastlab Milliy gvardiya saflarida o‘z yigitlik burchini ado etib kelayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari va yaqinlari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.
Saf maydonida mehmonlar e'tiboriga muddatli harbiy xizmatchilarning qurol bilan maxsus saf usullarini bajarish va qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari havola etildi.
Shundan so‘ng, Respublikamizning turli hududlaridan kelgan ota-onalar farzandlari bilan bir dasturxon atrofida tushlik qilib, dildan suhbat qurishdi.
Tadbirning ikkinchi qismi Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida davom etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi olimasi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedova, O‘zbekiston xalq artisti, mehnat shuhrati ordeni sohibasi Saida Rametova, taniqli ijodkorlar hamda Milliy gvardiya Faxriylar kengashi a'zolari, muddatli harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Marosimda so‘z olganlar bugungi kunda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashga hissa qo‘shish har bir yigit uchun yuksak shon-sharaf ishiga aylanganini alohida ta'kidlashdi. Ko‘zlarida quvonch yoshlari, qalbida esa g‘urur barq urayotgan ota-onalar bo‘lsa, farzandlarining er-yigitlar qatorida xalqimiz va yurtimiz tinchligini himoya qilayotganliklaridan cheksiz faxr va iftixor tuyg‘usini his etayotganligini e'tirof etishdi.
Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchani xushnud etdi. Askarlarning onalari bilan tushgan raqslar esa tadbirga yanada fayz kiritdi.
Tadbir so‘ngida harbiy qism komandiri tomonidan Vatanimizga sodiq, mard va sadoqatli yigitlarni voyaga yetkazgani uchun onalarga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida front va front ortida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi foto va video ma'lumotlar, urush dahshatini aks ettiruvchi eksponatlar, frontdan yo‘llangan maktublar, jang maydonlaridan topilgan buyumlar va tarixiy hujjatlar bilan tanishishdi.

Text to speech