MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI BILAN SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga qiziqtirish va yozgi dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida besh tashabbus doirasida tashkil etilgan sport to‘garak ishtirokchilari o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, kuni kecha tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar faollik bilan qatnashib, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.