MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARINI O‘Z TARBIYASIGA OLAYOTGAN OILALAR SONI KUNDAN–KUNGA ORTMOQDA
Joriy qilingan yangi tizim va oliyjanob xalqimiz tomonidan qo‘l urilayotgan ezgu ishlar samarasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini o‘z tarbiyasiga olayotgan oilalar soni kundan–kunga ortmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi Farmonovlar oilasi 12-sonli Mehribonlik uyidan 8 nafar o‘g‘il qizlarni o‘z oilasiga qabul qilishgan bo‘lsa, Buxoro viloyatidagi Mehribonlik uyida 8 yildan ziyod yaqinlarining yo‘liga ko‘z tikib kelgan aka-ukalar o‘z onasi bag‘riga qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, mehridaryo xalqimiz orasidagi zamonamiz qahramonlarining ezgulik yo‘lidagi shijoati tufayli Navoiy va Namangan viloyatlaridagi Mehribonlik uylarining eshiklari yopildi.