"Mening armiyam- mening faxrim" shiori ostida yoshlar aksiyasi o‘tkazildi.
Farg‘ona shahrida joylashgan “Istiqlol” stadioni majmuasida viloyat hokimligi hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarda harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yana-da mustahkamlashga qaratilgan “Mening armiyam-mening faxrim” shiori ostida yoshlar aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida harbiy texnika, qurol-aslaha va boshqa maxsus vositalarning ko‘rgazmalari tashkil etildi. Ikki mingdan ortiq yoshlarni jalb etgan mazkur tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otib, harbiy sohaga oid ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lish imkonini yaratdi.