Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Mening armiyam - mening faxrim" aksiyasi davom etmoqda

Yoshlarda harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yana-da mustahkamlashga qaratilgan «Mening armiyam - mening faxrim» shiori ostidagi yoshlar aksiyasi davom etmoqda.Xususan, kuni kecha Namangan viloyati hokimligi, Viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi , Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. Vatanparvarlik aksiyasi doirasida 1000 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali sahna chiqishlari, kuch tuzilmalardan keltirilgan harbiy texnikalar va qurol-aslahalar namoyishi, Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining kamondan o‘q otish jarayonlari, isteʼdodli sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturlari ularda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech