Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"MENING ARMIYAM – MENING FAXRIM!" IJODIY ISHLAR KO‘RGAZMASI

O‘zbekiston badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Mening armiyam – mening faxrim!" mavzusidagi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy ishlar professional va havaskorlar yaʼni taniqli rassom va ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, talaba va o‘quvchi yoshlar orasida o‘tkazildi.

170 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan ijodiy ishlar tanlovida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, xodimlari va ularning farzandlari o‘zlarining 100 dan ortiq asarlari bilan faol ishtirok etishib, turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi. G‘olib va faol qatnashgan ishtirokchilarga Milliy gvardiya qo‘mondonining diplom va faxriy yorliqlari, hamda qimmatbaho sovg‘alar qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov tomonidan topshirildi.

Jumladan, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi leytenant Davlatov Asilbek Shokirjon o‘g‘lining taqdim etgan ijod namunasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2 va 3 – o‘rinlarga Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchisi kichik serjant Qayumov Alisher Nazirjon o‘g‘li hamda Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi harbiy xizmatchisi R.Baymuratovning qizi Baymuratova Evelina Rinatovnalar loyiq deb topildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi harbiy xizmatchilari polkovnik A.Babayev va polkovnik I.Niyazovlarning farzandlari Abdukarimova Shahnoza Akmal qizi, Shuhratova Azizaxon Ikrom qizi hamda Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi 81140 harbiy qism harbiy xizmatchisi 3-darajali serjant O‘.Zohidovning qizi Ulug‘bekova Zuhra O‘tkirbek qizlarining yaratgan asarlari komissiya aʼzolari tomonidan yuqori baholanib, ularga Milliy gvardiya qo‘mondoni faxriy yorlig‘i topshirildi.

Shuningdek, tadbirda Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va faxriylari, ijodiy uyushmalar vakillari hamda ziyolilar ishtirok etdi. Harbiy ansambl ashulachilari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech