Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Mehr daftari” tizimi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi mudiri D.Ermatov, Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i F.Ahmedov, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Sh.Qulturayev, Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i F.Sulaymonov hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari masʼul hodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda "Mehr daftari" tizimini amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olish chora-tadbirlarini belgilash, tizimning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati, tizimni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hokimliklar jamg‘armalaridan maqsadli foydalanish va tarbiyalanuvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Text to speech