“Mehribon qalb” nomli Oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini boshladi.
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi Komilovlar oilasida Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida “Mehribon qalb” nomli Oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini boshladi. Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi tajribali pedagog Hurriyat Komilova besh nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z tarbiyasiga olib viloyatda ikkinchi Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Valiyevlar oilasi 6 nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z bag‘riga olib Oilaviy bolalar uyi faoliyatini boshlab berishgan edi.