Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalarida “So‘zda, ishda va fikrda birdamlik” mavzularida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilar hamda muddatli harbiy harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyati va kasbiy mahoratini, shuningdek, psixologik ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad harbiy xizmatchi va xodimlarning eslab qolish qobuliyatlarini mustahkamlash, oson va samarali muomalaga kirishish usullari, kelgusida jipslik bilan xizmat olib borishga tarbiyalash hamda turli xil ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratilgan.