Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo'lib o'tgan ingliz tili viktorinasining gʻoliblari aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, Qoʻriqlash bosh boshqarmasi, harbiy qism va taʼlim muassasalari terma jamoalari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” mavzusidagi ingliz tili viktorinasining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻqituvchilari hayʼatlik qilgan mazkur viktorinada Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi, Milliy gvardiyaning Buxoro, Fargʻona, Navoiy hamda Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmalari harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar bilan bir qatorda Toshkent “Temurbeklar maktabi” va Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseylarining yosh va iqtidorli oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoalar gʻalaba uchun kurash olib bordi.

Bellashuvda 6 nafar ishtirokchidan iborat boʻlgan 9 ta jamoa 3 ta shart asosida bellashdilar. Jamoa aʼzolarining bilim va koʻnikmalari Milliy gvardiya qoʻmondonligi vakillari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidan tashrif buyurgan oʻqituvchilardan tashkil topgan Hakamlar hayʼati tomonidan adolatli baholab borildi. 

Jumladan, “Tanishtiruv” shartida har bir jamoa kreativ yondashgan xolda oʻquv muassasalari va harbiy qismlari haqida videoroliklar, prezentatsiyalar, musiqali fragmentlar va yordamchi vositalar orqali maʼlumotlar berishdi.

Viktorinaning ikkinchi “Savol-javob” shartida esa jamoalar Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston madaniyati boʻyicha berilgan savollarga ingliz tilida javob berdilar.

Bellashuvning uchinchi sharti “Sardorlar bellashuvi” boʻlib, sardorlar Jadidchilik va uning asoschilari haqida ingliz tilida ogʻzaki soʻzlab berdilar.

Aynan ishtirokchilardagi yuqori saviya va shartlarga puxta tayyorgarlik hakamlar uchun mutloq gʻolib jamoani aniqlashda qiyinchilik tugʻdirdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, viktorina shohsupasining uchinchi pogʻonasini Toshkent Temurbeklar maktabi harbiy-akademik litseyining “Young Temurids” jamoasi, ikkinchi pogʻonasini esa Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyining yosh va iqtidorli oʻquvchilaridan tashkil topgan “Perfect generation” jamoasi egalladi. Musobaqa gʻolibi deb Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “The Invincibles” jamoasi topildi. 

Viktorina natijalari eʼlon qilingach faxrli oʻrin sohiblari va musobaqa gʻoliblariga kubok va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Bundan tashqari, viktorinada faol ishtirok etgan EVEREST va “RENESANS” jamoalari sardorlari smartfon telefon va diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jamoalarning bilimlarini baholashda yaqindan yordam bergan hayʼat aʼzolariga Milliy gvardiya qoʻmondonligining tashakkurnomalari topshirildi. 

Text to speech