Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilaridan imtiyozli tavsiyanoma olish uchun test sinovlari qabul qilindi.
Joriy yilning 30 yanvar kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilardan imtiyozli tavsiyanoma olish uchun Davlat test markazi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan test sinovlari qabul qilindi.
Ushbu jarayonlarda har bir askar o‘zining intellektual bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
Bugungi test sinovlarini o‘tkazishda haqqoniylik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, test jarayonni bevosita kuzatib borish uchun 4 nafar nazorat guruhi aʼzolari ajratilgan.
Sinovlarida yuqori ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanomalarni qo‘lga kiritib, oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.