Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi  “O‘z kasbining ustasi”  ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 dekabr kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 9-12 sentyabr kunlari Jizzax viloyatidagi Forish tog‘ poligonida Milliy gvardiya miqyosida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovi  bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, alohida vazifalarni bajaruvchi brigadalari va Jamoat xavfsizligi universiteti bo‘linmalaridan "Eng ilg‘or serjant", "Eng ilg‘or guruh komandiri", "Eng ilg‘or otryad(vzvod) komandiri", "Eng ilg‘or batalyon komandiri" kabi nominatsiyalar bo‘yicha  100 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan maqsad, harbiy xizmatchilarda o‘z kasbiga sadoqat xislarini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom raqobat muxitini qo‘llab-quvvatlash, jangovar tayyorgarlik tizimini yana-da takomillashtirish. Shuningdek,  harbiy xizmatchilar o‘rtasida yuksak harbiy intizomni mustahkamlash, komandirlik, jangovar va maxsus tayyorgarlik dasturlarini samarali o‘zlashtirilishi, shaxsiy tarkibning individual kasbiy mahoratini takomillashtirish,  qomandirlik bo‘g‘iniga mansub harbiy xizmatchilarni  intellektual salohiyati va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish orqali  ofitser va serjantlar tarkibidan istiqbolli rahbar qadrlar zaxirasini shakllantirib borishdan  iborat.

Ko‘rik-tanlov davomida harbiy xizmatchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda axloqiy-ruxiy sifat va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

 

Text to speech