Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida "Yosh gvardiyachilar" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizda o‘quvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilishga qiziqtirish va bosqichma-bosqich tayyorlab borish, o‘quvchi yoshlarda mardlik, jasurlik, shijoat va qatʼiyat tuyg‘ularni shakllantirish hamda Vatanga va Prezidentga sadoqat ruhida, Milliy gvardiyaning shonli va jangovar anʼanalarining davomchilari etib tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-22 may kunlari Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Yosh gvardiyachilar" harbiy-sport musobaqasiga bugun start berildi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun respublikadagi umumtaʼlim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari orasidan jismonan sog‘lom, intellektual va intizom borasida eng faol o‘quvchilar orasidan jamoalar shakllantirildi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra o‘quvchi yoshlar, bilimdonlar bellashuvi, saf tayyorgarligi, ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishi, zaharlangan hududdan o‘tish, o‘q dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘qdonga joylash, kamondan otish, suvli to‘siqdan o‘tish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.

Ushbu musobaqa Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy va hududiy Kengashlari hamkorligida tashkillashtirildi.

Text to speech