Milliy gvardiya organlari tomonidan ekologiya va atrof muhitni himoya qilish bilan bog‘lik maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari yuritishning amaliy muammolari va yechimlari mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11.07.2023 yildagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-854-son Qonun imzolangan edi. Joriy yilning13 oktyabr kunidan mazkur Qonun kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, endilikda MJTKning 248‘1-moddasidagi o‘zgartirishlarga muvofiq, Milliy gvardiya organlari tomonidan ekologiya va atrof muxitni ximoya qilish bilan bog‘lik maʼmuriy huquqbuzarliklarnii aniqlash, bayonnoma rasmiylashtirish, ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida “Milliy gvardiya tizimida maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari yuritishning amaliy muammolari va yechimlari mavzusida” video konferens aloqa tarzida on-layn seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim prokurori adliya kapitani N.Noraliyev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya nazorat inspeksiyasi boshlig‘i A.Qurbonov, O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarlik profilaktikasi xizmati Maʼmuriy amaliyot bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik K.Qurbonov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi sudyasi X.Sodiqov, Milliy gvardiya markaziy devon boshqarma boshliqlari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari harbiy xizmatchilari va xodimlari studiyalardan qatnashishib, qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
On-layn seminar mashg‘ulotida 2023 yil 11 iyuldagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-854-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining MJtK ga Milliy gvardiyasi organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar haqida tushunchalar berildi.