Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan firibgarlikda ayblangan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 17 fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani “O‘rikzor” savdo kompleksi hududida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan shaxsni yuzidan tanib oluvchi kamera yordamida Toshkent shahri IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxs majmuaga tashrif buyurganligi aniqlangan. Shundan so‘ng, IIO xodimlari bilan hamkorlikda huquqbuzar qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari davomida fuqaro qashqadaryolik 32 yoshli U.Ya ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilmoqda.