O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘rtasida “Qo‘l jangi bo‘yicha” chempionat bo‘lib o‘tdi   //   Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlarining oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari oila aʼzolari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xizmat vazifalarini sifatli va samarali bajarishda oilaviy munosabatlarning o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida sayyor qabul ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, birinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparati harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha masʼul podpolkovnik B. Ashirmatova "Vatanparvarlik oiladan boshlanadi" mavzusida maʼruza qildi. O‘z nutqida B. Ashirmatova tinglovchilarga “Vatanparvarlik”, u nimani anglatishi, nima uchun bolalarni Vatanga, uning tariga, o‘tmishiga va buyuk ajdodlariga hurmat ruhida tarbiyalash muhimligi to‘g‘risida so‘zladi. Ishtirokchilar, o‘z navbatida, vatanparvarlik ruhidagi tarbiya masalasi Vatan himoyachilari oilalari uchun qanchalik dolzarbligi to‘g‘risida fikr bildirishdi.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining katta ofitseri podpolkovnik N. Urunbayeva internetdagi qimor o‘yinlari haqida gapirib, ularning xavfi nimada ekanligini tushuntirdi. Tinglovchilarning alohida eʼtibori oilasi va yaqinlarining xavfli o‘yinlar kushandasiga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, inson virtual o‘yinlarga berilib ketganini qanday aniqlash va undan qutulishi uchun qanday chora ko‘rish kerakligiga qaratildi.

Milliy gvardiya psixologik qo‘llab-quvvatlash Markazining bosh mutaxassisi Sh.Qurbonova o‘z nutqida oiladagi munosabatlar mavzusini ko‘tarib, mojarolarning oldini olish, er-xotinning bir-birini tushunib, oilaviy hayotdagi inqirozlarni yengib o‘tishi hamda ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi ishtiroki qanchalik muhimligi haqida gapirdi.

Tadbir ishtirokchilarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha murojaatlarini tinglash bilan yakunlandi. Bir qator masalalar joyida hal qilinib, ayrim murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech