Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida "O‘zbekiston 2030" strategiyada belgilangan vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi
2023 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi.
Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilish, muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida va ZUM platformasi orqali hududiy bo‘limlar bilan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzolari, Jamoat xavfsizligi universiteti professor o‘qituvchilari hamda harbiy markaziy devon harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich “O‘zbekiston 2030” strategiyasi jamiyatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari hisoblangan beshta ustuvor yo‘nalishlariga asoslangan yuzta maqsadning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘t di.
Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi Choriyev Tavakkal Ravshanovich hamda Jamoat xavfsizligi universiteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Sattorov Asror Akromovichlar tomonidan “O‘zbekiston 2030” strategiyasining mazmun mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida yana bir bor tizim harbiy xizmatchi va xodimlariga to‘liq tushuntirilib, tadbir muhokama-munosabat shaklida davom ettirildi.