Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘q otish xonasi, maʼnaviy tayyorgarlik ko‘rish sinfi bilan yaqindan tanishdilar.
Yosh bo‘lishlariga qaramay, Vatanni qo‘riqlash va himoya qilish naqadar mashaqqatli va sharafli ish ekanligini his etgan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Shuningdek, faol ishtirok etgan yoshlar ot minib ko‘rish va sayr qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ko‘plab o‘tkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan himoyasiga bo‘lgan qiziqishi ortishi hamda ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan ulg‘ayib, komil insonlar bo‘lib yetishishida ahamiyatlidir.