Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida “Eng namunali tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishidagi xona” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining 2018 yil 4 avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ximatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida maʼnaviy - maʼrifiy ishlar samaradorligi oshirib borilmoqda.

 Xususan, 2023 yil 23 avgust kuni  Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Eng namunali tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishidagi xona” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo‘lib  o‘tdi va unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Turdiboyeva Raʼno Eshovna, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Ergashev Botirjon Yo‘ldoshali o‘g‘li, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘limi boshlig‘i Zikirova Maxfirat Sobirovna,  Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Markaziy kengashi hamda Toshkent shahar xokimligi mutasaddi rahbarlari, Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalar harbiy xizmatchi va xodimlari    ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Milliy gvardiya viloyat boshqarmalari o‘rtasida joylarda o‘tkazilgan “Eng namunali tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishidagi xona” ko‘rik tanlovi jarayonlari bo‘yicha   videorolik havola etildi.

 Shundan so‘ng, turli nominatsiyalar yuzasidan faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan viloyat nomlari eʼlon qilindi.  

Eng namunali  maʼnaviyat-maʼrifat xonasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Milliy gvardiya Farg‘ona  viloyati bo‘yicha boshqarmasi, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va faxrli 1-o‘rinni Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi egalladi. G‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Eng namunali ruhiy yengilashtirish xonasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga, 2-o‘rin Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda 1-o‘rin Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga nasib etdi va jamoalar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Eng namunali shonli tarix xonasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘ringa  Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi,  2-o‘ringa Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, shuningdek, 1-o‘ringa Milliy gvardiya Farg‘ona bo‘yicha boshqarmasi munosib deb topildi. Ularga diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Ko‘rik tanlovning umumiy natijasiga ko‘ra 3-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati  bo‘yicha boshqarmasi, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va nihoyat faxrli 1-o‘rinni Milliy gvardiya Farg‘ona bo‘yicha boshqarmasi qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘a  bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida, maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishdagi jarayonlarni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga “Milliy gvardiyaning o‘tmishi va buguni” nomli kitoblar tantanali ravishda topshirildi.

 

  

Text to speech