Milliy gvardiya markaziy devonida “Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish” mavzusida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Harbiy prokuror o‘rinbosari adliya polkovnigi O.Xolboyev, Harbiy sud raisi S.Eshonqulov, boshqarma boshliqlari hamda ZOOM platformasi orqali hududiy bo‘linma boshliqlari va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tizimda 2023 yil davomida qonunchilik hujjatlarining yuritilishi va intizomga rioya etilganlik holati borasida amalga oshirilgan ishlar va mazkur yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.
Shuningdek, so‘z olganlar huquqbuzarlik va jinoyatlar o‘z-o‘zidan sodir etilmasligini, asosiy masala uning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, buning sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda profilaktika xizmatlari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishini taʼminlashdan iborat ekanligini eʼtirof etishdi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchi va xodimlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berilib, tegishli choralar belgilandi.