Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” shiori ostidagi xayriya qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etishmoqda
Aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. "Men donorman" shiori ostida bo‘lib o‘tgan xayriya aksiyasida Milliy Gvardiya Andijon viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham bo‘lsa mutaxassislarning beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad esa tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.