Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, qonunchilikka rioya qilish va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning yanvar oyida Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan, Milliy gvardiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash va huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Respublika harbiy prokurori o‘rinbosari adliya polkovnigi O.Xolboyev, Respublika harbiy sudi sudyasi O.Jumayev, Davlat xavfsizlik xizmati maʼsul vakillari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari, harbiy xizmatchilar va xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy xizmatchilarning intizomini yaxshilash, harbiy kadrlarni tanlash, tayyorlash va kelgusida xizmatni tashkil etish borasidagi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning ijtimoiy himoyasi va ularning salomatligini yaxshilash, tiklash borasida profilaktika ishlarini jadallashtirish kerakligiga urg‘u qaratildi.

Qonunchilik targ‘iboti borasidagi ishlar ham tahlil qilindi. Kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga, fan to‘garaklariga jalb etish, bandligini taʼminlash yo‘nalishidagi vazifalarni muntazam davom ettirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hisobot yig‘ilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech