Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda “Qo‘riqlash” boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodima ayollar o‘rtasida To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuv hakamlar hayʼati tomonidan kuzatib borilib, harbiy xizmatchi va xodima ayollarning sohaga oid bilimlari, normativ hujjatlarni bilish darajasi hamda tezkorlik, zukkolik va chaqqonliklari munosib baholandi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.

Taʼkidlash joizki, ko‘rik tanlovlar xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularga aql-zakovatini namoyon etishlariga ko‘maklashish va o‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘zlariga ishonch hisini mustahkamlash, bo‘linmalari shaʼni uchun kurashishga bo‘lgan shijoatini rivojlantirishga keng xizmat qilmoqda.

Text to speech