Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19 may kuni Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimda faoliyat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Oliy taʼlim va innovatsiyalar vazirligi, Oliy majlis senati, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa mutasaddi rahbarlar, shuningdek harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda namunali xizmat qilayotgan va soha ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlarning 170 nafar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng, Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestr jamoasi, Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Yoshlarga berilayotgan bu kabi imtiyoz va imkoniyatlar albatta, mamlakatimizda ularning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilish masalalariga ustuvor darajada eʼtibor qaratilayotganligidan dalolatdir.

Text to speech