Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” Harbiy-akademik litseyida “O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asosida harbiy xizmatga tayyorlashning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar,Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Madaniyat va turizm vazirliklarining soha bo‘yicha mutaxassislari, taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va mustaqil izlanuvchilari hamda Milliy gvardiyaga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik sinflarining rahbarlari, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi vakillari konferensiya mavzusiga oid o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjuman sho‘balarda davom ettirilib, ular tarkibida mutaxassislar ishtirokida dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Diskussiya va fikr almashuvlar natijasiga ko‘ra, sohani takomillashtirish, mavjud muammoli masalalarni yechimiga qaratilgan zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, mehmonlarni Temurbeklar maktabi bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya o‘tkazildi. Konferensiyada faol qatnashgan vazirlik va idoralarning vakillari, maʼruzachilar va professor-o‘qituvchilarga Milliy gvardiya rahbariyati nomidan
“Tashakkurnoma”lar taqdim etildi. Anjuman yakunlari bo‘yicha 60 dan ziyod taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, yuborilgan barcha maqola va tezislar jamlanib, konferensiya materiallari to‘plami chop etildi.