Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari yakunlandi. Sinovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi  va unda ko‘krak nishonlar o‘z egalariga topshirildi.

Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jizzax viloyati “Forish” dala o‘quv maydonida Milliy gvardiya tizimida   “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari o‘tkazildi.

O‘n kun davomida uch bosqichda o‘tkazilgan, o‘ttizdan ortiq shartlarni o‘z ichiga olgan, xususan, kompleks kuch mashqlari, 30 km masofaga piyoda yurish (yugurish) va yagona to‘siqlar yo‘lagida umumiy nazorat hamda o‘qotar qurollardan  amaliy otish mashqlari, shuningdek, pichoq uloqtirish kabi intensiv sinovlarda har bir harbiy xizmatchi jangovar ruh, matonat,  shijoat bilan o‘z imkoniyatlarini amalda namoyon etdi.

 Sinovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir Milliy gvardiya Markaziy devonida tashkil etildi va unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan  ko‘krak nishonlar o‘z egalariga topshirildi.

Ushbu sinovlarda munosib ishtirok etib, o‘z kasbiga sadoqatini, turli yuklamalarga jismonan va ruhan bardoshliligini namoyon etgan barcha harbiy xizmatchilarga hamda ularning murabbiy va komandirlariga qo‘mondonlik tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, mazkur sinovda ijobiy natija ko‘rsatgan nomzodlarni yuqori saviyada tayyorlagan murabbiy-komandirlar va yo‘riqchilarning mehnatlari ham munosib baholandi va rag‘batlantirildi.

 “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoniga ega bo‘lganlar Milliy gvardiya jangovar tayyorgarligining ajralmas qismi ekanligi taʼkidlandi, shuningdek, bu nishon ishtirokchilarni xizmat faoliyatini samarali olib borishlariga va har bir gvardiyachini mana shunday yutuqlarga erishishida undashiga ishonch bildirildi. 

Taqdirlangan guruh tomonidan   Milliy gvardiya jangovar hayqirig‘i eshitilgach, shaxsiy tarkib tantanali yurib o‘tdi va Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida barpo etilgan “Xotira maydoni” oldiga borishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni va o‘rinbosarlari, faxriylar hamda taqdirlangan shaxsiy tarkib orkestr sadosi ostida ximat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib, qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz nomlari bitilgan “Xotira maydoniga” gul qo‘yishdi.

Text to speech