O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev ishtirokida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh tizim harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan  tantanali tadbir  bo‘lib o‘tdi.  Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Baxodir Jalolov va kapitan Hasanboy Do‘smatovlarga muddatidan oldin  “Podpolkovnik” harbiy unvonlari topshirildi

 

Marosimda, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, sohaga oid mutasaddi rahbarlar, Qo‘l jangi va Kamondan otish federatsiyalari rahbarlari, Chavandozlar maxorat maktabi  direktorlari, sportchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar, shuningdek 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur tantanali tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev kirish so‘z bilan ochib berib, unda sport xalqlarni birlashtiruvchi, do‘stlikni mustahkamlovchi, har qanday mamlakatni dunyoga tez tanituvchi sohalardan biri ekanligini va  sportda erishilgan yutuqlar Davlatda bo‘layotgan ulkan islohotlarning ko‘zgusi hisoblanishiga alohida urg‘u berdi. 

Xususan, Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning dunyo hamjamiyatida Yangi O‘zbekistonni mavqeini mustahkamlash borasida olib borayotgan oqilona siyosatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ham sportni rivojlantirish, aholini sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligi taʼkidlandi.

Hurmatli Prezidentimizning sportchilarimizga bo‘lgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklari natijasida Fransiyada o‘tkazilgan “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 19 ta sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziyani himoya qildilar.

Hamyurtlarimiz sportning futbol, kamondan otish, suvga sakrash, ayollar kurashi turlari bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida debyut qilishdi.

Muhtaram Prezidentimiz va oliyjanob xalqimiz har bir bellashuvga muxlislik qilib kuzatib bordilar, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz bilan telefon orqali muloqot qilib g‘oliblarimizni tabriklab turdilar. Xususan, Davlatimiz rahbari dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovani tabriklab, o‘zbek qizlari, sportchilari nimaga qodir ekanligini dunyoga isbotlab berganligini, bu g‘alaba kelgusidagi katta shohsupalarning boshlanishi bo‘lishi kerakligini, u bilan g‘ururlanishlarini taʼkidladilar, ota-onasiga va murabbiylariga minnatdorchilik bildirdilar.

Albatta bu eʼtirof O‘zbekiston delegatsiyasining barcha sportchilariga katta motivatsiya bo‘ldi. Ular faqat oltin medal uchun kurashdilar va jonajon Vatanimiz uchun tarixiy g‘alabalar, medallar shodasini qo‘lga kiritishdi.

Olimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin medalni hamyurtlarimiz Diyora Keldiyorova, Xasanboy Do‘smatov, Ulug‘bek Rashidov, Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xalokov, Razambek Djamalov, Bahodir Jalolovlar, 2 ta kumush medalni Akbar Jo‘rayev, Svetlana Osipovalar,  3 ta bronza medallarini Alisher YusupovMuzaffar To‘raboyev, G‘ulomjon Abdullayevlar qo‘lga kiritishdi.

Olimpiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra bizning boks terma jamoamiz misli ko‘rilmagan natijaga erishdilar. Ular 7 taoltin medaldan 5 tasini (70 foiz)niqo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 1-o‘rinniegalladilar va dunyoda mutloq tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotladilar.  Yaqin 

Olimpiya boksi tarixida hech qachon biror bir mamlakat terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondek ustunlik qilmagan.

Yana bir yuksak natijamiz, 3 nafar sportchimiz Xasanboy Do‘smatov va Ulug‘bek Rashidovlar 2 karra Olimpiya chempioni, Bahodir Jalolov super og‘ir vazn bo‘yicha dunyoda birinchi 2 karra Olimpiya chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishgani barchani birdek hayratga soldi.

Kamonchilarimiz Ziyodahon AbdusattorovaAmirxon Sodiqovlar esa o‘z debyutlarida raqiblari bilan munosib bellashuvlarni olib borib, Olimpiya o‘yinlarida Kamondan otish bo‘yicha ilk marotaba ishtirok etayotgan o‘zbek kamonchilarimiz sifatida katta natija xisoblanishi alohida taʼkidlandi.

Tantanali tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan    “Parij-2024”  XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimizga tarixiy g‘alabalarni taqdim etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning murabbiylari hamda g‘oliblarimizning ota-onalari munosib rag‘batlantirildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va esdalik qimmatbaho sovg‘asi bilan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi - kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li hamda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi - kapitan Do‘smatov Xasanboy Marufjon o‘g‘li;

“Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi - Qilichov To‘lqin Maxmurovich,  O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi - Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi - podpolkovnik Rasulov Elshod Yunusovich;

Milliy gvardiya esdalik qo‘l soati bilan, Bahodir Jalolovning onasi  Jalolova Saboxat Ashurqulovna, Xasanboy Do‘smatovning onasi-onasi  Xayitboyeva Dilnozaxon G‘anijonovna va  Xayitboyev Marufjon Do‘smatovichlar

Shuningdek, mazkur buyruq bilan “Parij-2024” olimpiada o‘yinlarida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchi va xodimlarimiz, kichik serjant Xamidova Navbahor Nishon qizi, safdor Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi va Sadikov Amirxan Zarifovichlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, “Parij-2024” yozgi Olimpiya yinlarida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilari Xasanboy Dusmatov va Bahodir Jalolovlar sportning boks turi buyicha munosib ishtirok etib, chinakam Vatanparvarlik namunasini namoyon etdilar. Ular 2 karra Olimpiya chempioni degan sharafli nomga sazovor bulishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi orasida uzlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan o‘rnak bo‘lib, ustoz-shogird ananalariga muvofiq harbiy xizmatchilar va yoshlar orasida sportni targ‘ib qilishga qo‘shgan ulkan xissasi uchun, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Xasanboy Marufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari “PODPOLKOVNIK” harbiy unvoni muddatidan oldin berildi.

Ularga ushbu unvon Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech