Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazida tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda bir qator tibbiy xodimlar munosib rag‘batlantirildi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiya tibbiyot xizmati, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda tibbiyot yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbiri Milliy gvardiya Tibbiyot boshqarmasi bo‘linmalari boshliqlariga reanimatsiya hamda sanitariya avtomashinalari kalitlarini topshirish bilan boshlandi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan tabriklab, tibbiyot xodimlarining inson salomatligi va hayotini asrab-avaylash yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini yuksak eʼtirof etdi hamda tibbiyotni rivojlantirish, shifokorlar bilim va malakasini oshirish g‘oyat muhim ekanligi taʼkidladi. Shuningdek, sohani takomillashtirishga qo‘shilayotgan har bir hissa pirovardda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yana-da kengaytirishini bildirdi.

Shu bilan birga, qo‘mondon o‘rinbosari Milliy gvardiya tizimida tibbiyot xizmati faoliyatining ijobiy ko‘rsatkichlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, Milliy gvardiya tizimida sanitariya-yepidemiologiya xizmati tarkibida bakteriologik laboratoriya tashkil etilib, o‘ndan ortiq zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, 10 nafar shifokor va 62 nafar o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi o‘quv markazlarida, uch nafari xorijiy yetakchi ilmiy-amaliy tibbiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirdi.

Joriy yilda harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning 30 mingdan ortiq oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning yetti mingga yaqini shifoxona yoki ambulatoriya sharoitida malakali davolandi, uch yuz nafardan ortig‘i sanatoriy va dam olish uylarida salomatligini mustahkamladi.

Bu borada, Milliy gvardiya tomonidan Mehribonlik uylari va oila xonadonlarida tarbiyalanayotgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani alohida eʼtirofga loyiq. Xususan, 2023 yilda olti yuzdan ortiq bolalar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi, Toshkent shahri va viloyatidan 400 nafardan ortiq bola Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatologik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tadbirda Milliy gvardiya tibbiyot xizmatining ikki nafar harbiy xizmatchisiga “kichik serjant” harbiy unvoni topshirildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari tomonidan olti nafar soha vakillariga III-darajali “Namunali xizmatlari uchun”, ikki nafariga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” ko‘krak nishonlari, uch nafari qo‘l soati, to‘qqiz nafari faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansamblining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Text to speech