Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan yaratilgan innovatsion hamda ratsionalizatorlik ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Joriy yilning 28 iyun kuni Navoiy viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion hamda ratsionalizatorlik ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hamda ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, hududiy boshqarmalari hamda harbiy qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligi davomida ixtiro qilingan 60 dan ziyod ilmiy-innovatsion va ratsionalizatorlik ishlanmalari намойиш etildi.

Tadbirda shuningdek, Navoiy viloyatining hududiy Ichki ishlar boshqarmasi, Qorovul qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari, Qo‘riqlash boshqarmasi sohaviy boshqarmalari vakillari, Milliy gvardiya batalyon komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda maktablarning inspektor psixologlari ishtirok etdilar.

Text to speech