Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya  va IIB xodimlari  hamkorligida jinoyat qilganlikda ayblanib qidirilayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Sergeli tumanidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida Jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmatga jalb qilingan   Milliy gvardiya xodimlari tomonidan  qiyofasi qidiruvdagi shaxsga o‘xshash fuqaroni payqashgan. IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor harakatlar natijasida  ushbu fuqaro taxmin qilinganidek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- moddasi “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish” bo‘yicha ayblanib qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli fuqaro Sh. A. ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, Chirchiq shahrida 10-11 oktyabrga o‘tar kechasi  Milliy gvardiya va IIB xodimlari hamkorligida aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida  tungi xizmat olib borayotgan vaqtda “Tinchlik” MFYdagi maydonchada spirtli ichimlik isteʼmol qilayotgan bir guruh nomaʼlum shaxslarn baqir-chaqir qilib o‘tirganliklarini guvohi bo‘lishgan  va ularga qonuniy chora ko‘rish maqsadida ushbu 4 nafar fuqaro  yaqin hududda bo‘lgan IIBga yetkazilgan. Olib borilgan dastlabgi surishtiruvlar natijasida ulardan biri joriy yilning 5 sentyabr kunidan Toshkent viloyati IIBBda qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli fuqaro A. A. ekanligi aniqlangan.  

Har ikki holat yuzasidan IIB masʼul xodimlari tomonidan  surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

Text to speech