“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida “Bilim — nurli kelajak poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar va ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ingliz tili viktorinasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur viktorinada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari hay’at a’zolari sifatida ishtirok etib, bellashuv jarayoniga xolis va professional baho berdilar. Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar bilan bir qatorda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat jamoalar ham munosib ishtirok etdi.

Viktorinada har biri 6 nafardan iborat 9 ta jamoa uch bosqichda — “Tanishtiruv”, “Savol-javob” va “Sardorlar bahsi” shartlari asosida o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi. Ishtirokchilarning ingliz tilini puxta egallagani, tarixiy va huquqiy bilimlarga ega ekani, shuningdek, mustaqil fikrlash va nutq madaniyatining yuqori darajada ekanligi hay’at a’zolari tomonidan alohida e’tirof etildi.

“Tanishtiruv” shartida jamoalar o‘z o‘quv muassasalari va harbiy qismlari haqida kreativ videoroliklar, taqdimotlar va sahnalashtirilgan chiqishlar orqali ma’lumotlar taqdim etdi. “Savol-javob” bosqichida esa ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda milliy madaniyatga oid savollarga ingliz tilida batafsil javoblar berdilar. “Sardorlar bahsi”da esa jamoa sardorlari erkin mavzuda tayyorlab kelgan mavzularini keng yoritib berishdi.  

Ishtirokchilarning yuqori tayyorgarligi, intellektual salohiyati va raqobatning keskinligi hay’at a’zolari uchun g‘oliblarni aniqlashda muayyan murakkablik tug‘dirdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, avvalgi uch yil davomida ingliz tili viktorinasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu an’anani Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining “Young Temurids” jamoasi munosib tarzda davom ettirib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi. Bu holat yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, uzluksiz izlanish va bilimga intilish tobora kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, uchinchi o‘rin Toshkent viloyatidan ishtirok etgan “Renessans” jamoasiga, ikkinchi o‘rin esa O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “The Invincibles” jamoasiga nasib etdi.

Viktorina yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, bellashuvda faol ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi. Jamoalar bilimini baholashda jonbozlik ko‘rsatgan hay’at a’zolariga Milliy gvardiya qo‘mondonligining tashakkurnomalari topshirildi.

Mazkur viktorina yana bir bor shuni yaqqol namoyon etdiki, Yangi O‘zbekiston yoshlari — bilimli, zukko, tashabbuskor va zamonaviy tafakkur egalaridir. Ularning chuqur bilimga intilishi, xorijiy tillarni puxta egallashi va yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishi mamlakatimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 

Text to speech