Milliy gvardiya yoshlar nigohida:Harbiy qismda bir kun
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov ishtirokida "Ona-Vatanga xizmat qilish muqaddas burch" shiori ostida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Ochiq eshiklar kunida Dashtobod shaharchasidagi 100 ga yaqin uyushmagan yoshlar, Zomin tuman madaniyat markazi xonandalari, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi, Qo‘riqlash xizmati xodimlari va kamondan otish guruhi xodimlari ishtirok etdi. Tashrif buyurgan yoshlarga markazda mavjud qurol-aslahalar, kiyim-kechaklar namunasi, xodimlarning "tashvish qoplari", Sport majmuasi va O‘q otish tiri binolari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Qo‘mondon o‘rinbosari tomonidan "Markaz faollari" zalida yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib,shundan so‘ng Madaniyat markazi xonandalari tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.