Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida “Beshkurash” musobaqasi tashkil etildi

 

Joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi” tashabbusi bilan Toshkent Tibbiyot Akademiyasining “Shifokorlar” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyalari hamda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti kursantlarini harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy ruhda va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash bo‘yicha hamkorlik rejasiga asosan “Beshkurash” musobaqasi tashkil etildi.

Tadbir boshida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov barcha ishtirokchilarga omad tilab, musobaqani ochiq deb e’lon qildi.

Shundan so‘ng, Institut orkestr jamoasi tomonidan Davlatimiz madhiyasi yangradi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilk marotaba tashkil etilgan sportning “Beshkurash” bo‘yicha musobaqasida kursantlar:

- 100 metrga yugurish;

- F-1 granatasini aniqlikka uloqtirish;

- turnikda ko‘tarilib to‘ntarilish;

- 3000 metrga yugurish;

- 24 kg toshni ko‘tarish kabi shartlarni bajardilar.

Musobaqa ishtirokchilarini odilona baholash O‘zbekistan Respublikasi yengil atletika federatsiyasi hakamlar hay’atiga yuklatildi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o‘tgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra,

“Eng faol qatnashchi” nominatsiyasiga IIV akademiyasi kursanti Shahboz Suvonqulov;

“Eng tezkor qatnashchi” nominatsiyasiga HTI kursanti Dostonbek Usmonjonov;

“Eng kuchli qatnashchi” nominatsiyasiga Qurolli kuchlar akademiyasi kursanti Dilshodbek Qobilov;

“G‘alabaga bo‘lgan  irodasi uchun” Davlat xavfsizlik akademiyasi;

“Faol jamoa”nominatsiyasi bo‘yicha FFV akademiyalari g‘olib deb topildi.

Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.    

Shuningdek, tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar musobaqa ishtirokchilariga kayfiyat ulashdi. 

Text to speech