Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan kavaleriya bo‘linmalari mutaxassislari uchun ot sporti bo’yicha o’quv-mashg’ulot yig’ini bo’lib o’tmoqda

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan kavaleriya bo‘linmalari – harbiy sohadagi mas’uliyatli va o‘ziga xos yo‘nalishlardan biri sanaladi. Bu bo‘linmalarda xizmat qilayotgan mutaxassislar nafaqat yuqori jismoniy tayyorgarlikka, balki xizmat otlari bilan ishlashda chuqur bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim. Shu boisdan Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan kavaleriya bo‘linmalari mutaxassislari uchun ot sporti bo’yicha o’quv-mashg’ulot yig’larini bo’lib o’tmoqda. 

Mazkur o‘quv-mashg‘uloti boshqa an’anaviy yig‘inlardan tubdan farq qiladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, bu safar mashg‘ulotlar xalqaro tajribaga ega, ot sporti sohasida katta yutuqlarga erishgan fransiyalik Oliver Billaund ishtirokida o‘tkazilmoqda. U nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatib, ishtirokchilarga jahon tajribasidan namunalar asosida saboq bermoqda.

Malakali mutaxassisning mashg‘ulotlarga jalb etilishi Milliy gvardiya kavaleriya bo‘linmalari uchun katta imkoniyat bo‘lib, bu orqali harbiy xizmatchilar zamonaviy yondashuvlar, otlar bilan ishlashdagi ilg‘or texnika va metodikalarni chuqur o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa kelgusida xizmat samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Ot sporti bo’yicha respublika oliy sport mahorati hamda Toshkent shahar Chavandozlar maktablari va Milliy gvardiya Kavaleriya eskadronining mutaxassislari tomonidan mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarga otda yurish texnikasi, jangovar holatlarda tezkorlik bilan harakatlanish, shuningdek, otlarning harbiy xizmatga tayyorgarligi, ularni parvarishlash, veterinariya nazorati, otlarni taqalash, ratsion asosida ovqatlantirish, sharoitga mos holda jismoniy yuklama berish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mashg’ulotlar harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi, otlar bilan ishlash ko‘nikmasini yanada oshirish, shuningdek, tezkorlik, muvofiqlik va jamoaviy harakatni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Kavaleriya bo‘linmalarining o‘ziga xos jihatlari va taktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ular bilan olib borilgan mashg’ulotlar nafaqat nazariy, balki real sharoitlarga yaqin holatda tashkil etildi.

Text to speech