Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiyaning malakali psixolog xodimlari tomonidan Xorazm viloyati maktablarida xizmat faoliyatini boshlagan inspektor-psixologlar hamda mutaxassis psixologlar bilan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

 

Xorazm viloyatidagi 537 ta umumtaʼlim maktablarida xizmat faoliyatini boshlagan inspektor-psixologlar bilan “Umumtaʼlim maktablarida inspektor-psixologlar tomonidan psixologik muhitni yaxshilashda voyaga yetmagan bolalarni taʼlim olishi, ruhiy-ijtimoiy rivojlanishi, xulq og‘ishlariga qarshi immunitetni shakllanish jarayonlariga yangicha yondashuvni tatbiq etish” mavzusida, shuningdek, mutaxassis psixologlar bilan “O‘smirlarda xulkiy og‘ishlarni erta diagnostika kilishning zamonaviy usullari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur amaliy anjumanlar Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida o‘tkazilib, unda Milliy gvardiya Psixologik taʼminlash markazining malakali mutaxassislari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Bolalar psixologiyasi markazi psixologlari o‘zlarining boy tajribalari bilan tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid turli xildagi zamonaviy psixologik amaliyotlarni taqdim etishdi.

Xususan, maktab o‘quvchilarida xulqiy og‘ishlarni erta diagnostika kilish, oila-maktab-psixolog zanjirini mustahkamlash uchun ota-onalar bilan muloqot o‘rnatish usullarini tanlash, o‘quvchilarni esa o‘quv motivlarini shakllantirish va to‘g‘ri yo‘naltirishning psixologik mexanizmlarini qo‘llash usullari tushuntirib berildi.

Shuningdek, pedagogik mahoratni oshirish hamda taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘z ustida ishlash imkoniyatini kengaytirish, maktab va oilada psixologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda ayrim oilalardagi nosog‘lom muhitni erta aniqlash borasida zamonaviy psixologik usullarni qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish va yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.

Bunda ko‘zlangan maqsadga erishishda ekspress-diagnostika uchun proyektiv metodikalarni qo‘llash, psixologik instrumentlardan samarali foydalanish, psixologik portret yaratish, yakka tartibdagi suhbat va kuzatishlar orqali o‘smirlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikni oldini olish hamda kurashuvchanlik immunitetini shakllantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.

Amaliy anjuman shoʻbalarga bo‘lingan holda psixolog mutaxassislar uchun xulq-atvor munosabatlarini tushunish, ijtimoiy moslashish va xatti-harakatlarga javob berishda intellekt xususiyatlarini baholash hulqiy og‘ishlarini korreksiya qilish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi va zarur amaliy tushunchalar berildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar kelgusidagi xizmat faoliyatida kerak bo‘ladigan nazariy xamda amaliy tajribalarga ega bo‘ldilar.

Text to speech