Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchi va xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 2 martdagi 87-sonli qarori va 2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar faolligini oshirish Milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarga oid, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida "Zamonaviy jamiyatda ayol va oila"mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar Milliy gvardiya va bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi. Tadbirda Markaziy devon ayol harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida ayollar hamda bolalarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rniga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar davomida yoga, raqs terapiyasi va art-terapiya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Bolalar psixologiyasi markazining mutaxassis psixologi tomonidan ayollarga “meditatsiya va manadala terapiyasi” salbiy his-tuyg‘ulardan xalos bo‘lishga, ichki muammoning mohiyatini tushunishga va yechimlarni aniqlashga yordam berishi to‘g‘risidagi tushunchalar berildi.
Shu bilan bir qatorda ,onalar va ularning o‘smir bolalari bilan yakka tartibda psixologik treninglar o‘tkazildi.