Milliy gvardiya bo‘linmalarining harbiy xizmatchi va xodimlari bilan “Funksional ko‘pkurash” bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘ini o‘tkazildi
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasida qo‘mondonlik tomonidan tizim bo‘linmalarida jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga “Funksional ko‘pkurashini” kiritish, harbiy xizmatchilar va xodimlar orasida ushbu sport turini keng targ‘ib qilish hamda rivojlantirish maqsadida o‘quv-mashq yig‘ini tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-yig‘inida o‘ttiz nafardan ortiq hududiy boshqarma va harbiy qismlarning jismoniy tayyorgarlik va sport bo‘yicha yo‘riqchi hamda Milliy gvardiya o‘quv muassasa va Qo‘riqlash bosh boshqarmasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha masʼul shaxslari qatnashdi.
Yig‘in davomida ishtirokchilar organizmning barcha jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi universal sport turi hisoblangan funksional ko‘pkurashning sir-asrorlarini tajribali murabbiylardan o‘rganishdi. Binobarin, jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi psixologik jarayonlarning barqarorligini sezilarli darajada oshirishga imkon yaratadi.
O‘quv-mashq yig‘ini so‘ngida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi