“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA XODIMLARI BAXSHILAR YURTIDA BELLASHMOQDA

Surxondaryo viloyatida baxshilar maktabida, Milliy gvardiya tizimidagi bo‘linmalar, harbiy qism va taʼlim muassasalari hamda Qo‘riqlash boshqarmalari xodimlari o‘rtasida Respublika “Baxshichilik sanʼati” ko‘rik tanlovi boshlandi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan ishtirokchilar qatnashishmoqda.

Aytish kerakki, o‘zbek xalq dostonlari ajdodlarimizning uzoq o‘tmishi, madaniy hayoti va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, u o‘lmas, nomoddiy madaniy meros sifatida yuksak qadrlanmoqda. Baxshichilik sanʼatining serjilo ijro namunalari tinglovchiga katta zavq-shavq bag‘ishlashi bilan birga kishilarni yaxshilikka chorlovchi, maʼrifat tarqatuvchi, yosh avlod qalbida ezgu fazilatlarni uyg‘otuvchi maʼnaviy targ‘ibot manbai vazifasini o‘tab kelayotir. Milliy gvardiya tizimida ilk marotaba tashkil etilgan tadbirda ham, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalq dostonlarining rang-barang namunalarini keng targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratildi. Tanlov ikki bosqichda olib borilib, unda ishtirokchilar cholg‘u asboblarida kuy chalish hamda baxshi termalaridan aytish borasida bellashmoqdalar.

Har bir ishtirokchilarining chiqishlari O‘zbekiston xalq baxshilari, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari tomonidan baholanib borilmoqda. Bu jarayonida dostonchilik sanʼati namoyandalarining asl milliy xususiyatlari, kuy, nag‘ma va termalarning badiiy-estetik jihatlari, o‘ziga xosligi, kiyinishi, sahna madaniyati, liboslaridagi badiiy bezaklarning milliy anʼanalarga mosligi, anʼanaviy musiqa asboblaridan foydalanish jihatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, baxshichilik sanʼati ko‘rik tanlovi g‘oliblari turli darajadagi diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Jumladan, tanlovning 1-o‘rin sohibi 5 000 000 so‘m, 2-o‘rin sohibi 3 000 000 so‘m, 3-o‘rin egasiga 2 000 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Bundan tashqari “Eng yosh baxshichilik sanʼati ishtirokchisi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, ularga pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Text to speech