Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi.
Tadbir doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi K.Tojiyev bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Shundan soʻng, oʻquvchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining asosiy majlislar zali, Parlament muzeyi va kutubxonasida boʻlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.